Millat oydinlari xotirlandi

0
1208

1938-yil 4-oktyabrda millatimizning bir qator fidoyi maʼrifatparvarlari, ulkan isteʼdod sohiblari, Vatan ravnaqi, el-yurt ozodligi tarafdorlari, qalbi va ongi uygʻoq jadidchilar shafqatsizlarcha qatl etilgandi. Shu kuni Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat kabi el ardogʻidagi shoir va yozuvchilar qatorida oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy ham mustabid tuzum tomonidan oʻlimga hukm qilingan.

Elimiz suygan yozuvchini xotirlash munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismlardan biri harbiy xizmatchilari hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida Abdulla Qodiriy memorial muzeyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi xodimlari, shoirlar va yozuvchilar hamda bir guruh oʻquvchi yoshlar taklif qilindi. Unda soʻzga chiqqanlar tomonidan millat oydinlari yod etilib, ularning porloq xotirasiga eʼzoz-ehtirom koʻrsatildi.

Shuningdek, yoshlar va harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlargan ijodiy sahna koʻrinishlari tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi. Tadbir soʻnggida muzey boʻylab sayohat ham uyushtirildi.