“Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

0
1400

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda ham “Keksalar haftaligi” keng oʻtkazilmoqda.

Haftalik doirasida Jizzax, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon va Navoiy garnizonlaridagi harbiy xizmatchilar tomonidan Faxriylar kengashi aʼzolari, barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida istiqomat qilayotgan keksalar qalbiga quvonch baxsh etish uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Keksalar uchun tashkil etilgan turli madaniy tadbirlar hamda sayyor tibbiy koʻrik esa koʻpni koʻrgan otaxon-u onaxonlarni benihoyat quvontirdi.

Bunday tadbirlarni tashkillashtirish yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir. Chunonchi, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashda, Vatanimizning mavqeining yuksalishida yoshi ulugʻ insonlarning oʻrni beqiyosdir.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati