Prezident maktabida uchrashuv

0
696

Samarqand shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi qo‘mondonligi va maktab ma‘muriyati hamda o‘quvchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, vatanparvarlikni yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda, Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va oilalarini ijtimoiy himoya qilish, muddatli harbiy xizmatga borish hamda xizmatda qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish, shuningdek yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ofitserlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha boshlang‘ich ma‘lumotlarni o‘quvchilar bilan o‘zaro o‘rtoqlashib, o‘quvchilarni mana shunday imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Vatan ravnaqi uchun kerakli kadr bo‘lib yetishishiga ishonch bildirishdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu Prezident maktabida yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularga chet eldan kelgan malakali professor-o‘qituvchilar ham ta‘lim berishmoqda.
Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi.
Yakunda mehmonlar Prezident maktabida yaratilgan shart-shroitlar bilan yaqinda tanishdi.

Kichik serjant Xayrullo O‘LMASOV