Harbiy texnikalarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi

0
2610

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonilarida joylashgan harbiy qism va muassasalarda qurol-aslaha va harbiy texnikalarni qishki sharoitda foydalanish rejimiga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot avvalida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev qurol-aslaha va harbiy texnikalarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida bajariladigan ishlar tartibi va hajmi bo‘yicha shaxsiy tarkibga tushunchalar berib, mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad harbiy texnikalarni yuqori jangovar shaylik darajasida ushlab turish hamda ob-havoning sovuq sharoitida sozligini ta’minlashdan iborat ekanligini aytib o‘tdi.

Mashg‘ulotda muhandis-texnik mutaxassislar tarkibidagi ofitser va serjantlar, guruh, vzvod va batalyon komandirlari hamda bevosita harbiy texnikalar ekspluatatsiyasiga mas’ul shaxslar bilan birga, harbiy avtomobil nazorati xodimlari ham qatnashdi.

Har bir o‘quv nuqtasida harbiy xizmatchi o‘ziga biriktirilgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning soz va shayligi uchun mas’ullini inobatga olgan holda ko‘p yillik tajriba ega harbiy xizmatchilar nazoratida o‘zlari amalda bajarib ko‘rsatishdi.

Shuningdek, sovutish suyuqliklari almashtirish, jangovar mashina agregat va tugunlarini tekshirish, filtrlarni tozalash va almashtirish ishlari, yoqilg‘i-moylash ashyolarini yangisiga almashtirish hamda elektr va aloqa jihozlarining sozligini nazoratga olish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bunday mashg‘ulotlar okrugning Jizzax va Navoiy garnizonlarida ham tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati