“Xavfsiz muhit”ni ta’minlovchi bo‘linmalarning o‘quv-yig‘ini o‘tkazildi

0
1345

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza bo‘linmalari bilan dala o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Yig‘in bir oy davom etib, unda yurt o‘g‘lonlarining harbiy qismlarda olgan nazariy bilimlari amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlandi.

Harbiy xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka asboblaridan mohirona foydalanish, ognemyot mutaxassislarining yangi qurollardan amaliy otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shaxsiy himoya vositalarini ta’mirlash va qayta tiklash bo‘yicha harbiy xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mazkur yig‘inning asosiy maqsadi etib belgilangan.

Shuningdek, yig‘in davomida ta’mirlash bo‘linmalari bilan mutaxassislar tomonidan yaroqsiz himoya vositalarini ta’mirlash, qayta tiklash va safga qaytarish bo‘yicha mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarning amaliy qismida ognemyot mutaxassislarining nishonlarni yo‘q qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi. Belgilangan nishonlar yuqori aniqlik bilan yo‘q qilindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati