Qurolli Kuchlari akademiyasida JG‘MHO faoliyatiga bag‘ishlangan sinf ochildi

0
3479

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini taʼminlash, taʼlim jarayonini qoʻshinlar kundalik jangovar faoliyati bilan uygʻunlashtirish, kursantlar va tinglovchilarda milliy armiyamizning shonli tarixi va bugungi yutuqlariga boʻlgan faxr va iftixorini yuksaltirish, shuningdek, vazirlik qoʻshinlarida olib borilayotgan islohotlar bilan doimiy ravishda boxabar qilib borish maqsadida Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy okruglar sinfini barpo etish koʻzda tutilgan.

Ushbu vazifalarni ijro etish maqsadida bugungi kunda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan Akademiyada ushbu okrug faoliyatiga bagʻishlangan “JGʻMHO sinfi” barpo etildi.

1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida ushbu maxsus sinfning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiev, JGʻMHO qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari polkovnik Sh.Xairov, Qurolli Kuchlar Akademiyasi rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.