Belarus harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi

0
1813

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga Belarus Respublikasi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Belarus Respublikasi Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ivan Mitin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini akademiya boshligʻi polkovnik Bobur Shayakubov kutib oldi.

Tashrif buyurganlarga Akademiyaning tarixi, hududi va oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berildi. Ikki davlat harbiy kadrlarni tayyorlash muassasalari rahbarlari oʻrtasida ikki tomonlama muzokara tashkil etildi.

Shundan soʻng, akademiya muzeyi, oʻquv xonalari, Axborot-resurs markazi, mashgʻulot jarayonlari, yotoqxona hamda harbiy oʻquv texnikalarining imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Mehmonlar akademiyaning oʻquv jarayonini taʼminlash bazasini koʻzdan kechirishdi.