Fotoreportaj: harbiylar Sergeli aholisi bilan yelkama-yelka

0
955

Poytaxtimizning Sergeli tumanida sodir bo‘lgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Ayniqsa, kursant va askarlar zarar koʻrgan uy-joylar hamda maktablarni tiklash ishlarida jadallik koʻrsatmoqda. Harbiy psixologlar esa bolalar ruhiy holatini barqarorlashtirish bilan band. Hududda tashkil etilgan Mudofaa vazirligi shtabida esa bajarilayotgan va rejadagi ishlar hisobi muntazam ravishda yuritilyapti.