Fargʻonadagi harbiy qismda Sardorlar kengashi saylovi oʻtkazildi

0
951

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari va Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyat kengashi bilan hamkorlikda Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorlarining 14 ta yoʻnalish boʻyicha saylovi boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida yoshlar tantanali kutib olinib, harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Shundan soʻng, harbiy qism ofitserlari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Fargʻona harbiy prokuraturasi vakillari ishtirokida ochilish marosimi o‘tkazildi, unda soʻzga chiqqanlar Sardorlar kengashi saylovida oʻz dasturlari bilan ishtirok etayotgan yoshlarga omad tiladi.

Harbiy qism hududida oʻtgan 14 ta yoʻnalish boʻyicha saylov jarayonlari qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻldi. Yakuniy natijalar eʼlon qilingunicha esa ishtirokchilarga harbiy qism oshxonasida harbiycha tushlik qildi.

Shuningdek, Madaniyat markazida tadbirning badiiy qismi oʻtkazildi. Isteʼdodli yoshlar tomonidan namoyish etilgan sahna koʻrinishlari hamda ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga koʻtarinkilik bagʻishladi. Yakunda barcha yoʻnalishlar boʻyicha eng koʻp ovoz toʻplagan sardorlar eʼlon qilindi. Gʻoliblarga esa Yoshlar ittifoqining “Ishonch yorliq”lari tantanli tazrda topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati