MDHga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

0
2735

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Kurbanov Rossiya Federatsiyasining Tula shahrida MDHga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining harbiy va harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha yigʻilishida ishtirok etdi.

Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirokidagi yigʻilishda harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikning bir qator masalalari muhokama qilinib, dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat fikr almashildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti