Vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga qaratilgan “Uch avlod uchrashuvlari”

0
658

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda “Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda faxriylarning oʻrni” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Tadbirda okrug qo‘mondonligi, Surxondaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyati mintaqaviy boʻlinmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, “Veteran” jangchi-nogironlar Surxondaryo viloyat boʻlimi, nuroniy otaxonlar, Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida uzoq yillar davomida xizmat qilgan va ayni paytda umrguzaronlik qilib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qoʻshib kelayotgan Qurolli Kuchlar faxriylari va yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv chogʻida soha fidoyilari oʻzlarining bolalik orzu-havaslari, mashaqqatlarga boy mehnat faoliyati, xizmatda erishgan yutuqlari haqida yoshlarga toʻlqinlanib soʻzlab berishdi. Albatta, bu kabi tadbirlar oʻsib kelayotgan yosh avlodning ona Vatanimizga boʻlgan daxldorligini yanada kuchaytirib, ularni xizmat burchi va qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalashga, kasbiy hamda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshadi.

Shuningdek, Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda okrug Faxriylar kengashi vakillari bilan hamkorlikda viloyatdagi umumta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.