Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Sergelidagi talafot oqibatlarini bartaraf etishda yordam bermoqda

0
948

Bugun, 28-sentabr kuni Sergeli tumanida joylashgan omborxona hududida portlash yuz berdi. Talafot oqibatlarini bartaraf etishga Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham jalb qilingan. Ayni vaqtda tuman mudofaa ishlar bo‘limida Mudofaa vazirligi shtabi tashkil etilgan.

Shuningdek, palatkalar yoyilib, aholi uchun tushlik va kechki ovqatlar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mobil gospital hududga jalb etilgan — u fuqarolarga yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, harbiy psixologlar aholiga psixologik yordam bermoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti