Maʼnaviyat oʻchogʻiga sayohat

0
685

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Nukus shahridagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari uchun tashkil etilgan “Maʼnaviyat oʻchogʻiga sayohat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shahardagi bir nechta maktablardan tashrif buyurgan yuzdan ortiq o’quvchi yoshlar markazda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib chiqdilar. 

Kun davomida harbiy xizmatchilar va yoshlari ishtirokida turli sport musobaqalari, shaxmat-shashka o‘yinlari bo‘lib oʻtdi, suhbatlar uyushtirildi.

Tadbir soʻnggida oʻtkazilgan “Vatanparvarlik soati” esa kelajakda harbiy boʻlishni maqsad qilgan yoshlarga respublikamizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati