Surxondaryoda yetakchilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

0
984

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashining kuch tuzilmalar va professional taʼlim muassasalari Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi. Tadbirda viloyat kuch tuzilmalarining 25 nafar, viloyat professional taʼlim muassasalarining 50 nafar boshlangʻich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi. 

Seminarda viloyat Kengashi raisi Jamoliddin Sherdanaqulov hamda podpolkovnik Davron Abdurahimov tomonidan yosh xodimlarning maʼnaviy yuksalishida yoshlar yetakchilarining oʻrni naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi.

Bundan tashqari, 2023-yilning birinchi yarmi davomida samarali faoliyat olib borgan kuch tuzilmalaridagi va professional taʼlim boshlangʻich tashkilot yetakchilari Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ikkinchi yarim yillik davomida amalga oshiriladigan loyihalar, tanlov va tadbirlar toʻgʻrisida fikr-mulohazalar almashinib, oʻzaro kelishib olindi.