Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislar forumi o‘tkazildi

0
2009

Har bir inson baxtli boʻlishga haqli. Shu boisdan xotin-qizlar huquqularini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Barcha sohalar singari Mudofaa vazirligi tizmida ham harbiy xizmatchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasi yoʻnalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shaharidagi harbiy qismda Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida navbatdagi forum boʻlib oʻtdi.

Forum avvalida ishtirokchilar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ularning hisobot maʼruzalari hamda sohani rivojlantirish boʻyicha takliflari tinglandi.

Shundan soʻng forum ishtirokchilari uchun davlat va nodavlar taʼlim muassasalaridan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquv mashgʻulot hamda seminar treninglar tashkil etildi.

Forum doirasida yetakchi mutaxassislarning hisobot maʼruzalari, yutuqlari va yoʻl qoʻygan kamchiliklar tinglanib, Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha qoʻmondonlikning eng ilgʻor yetakchi mutaxassislari ham tanlab olindi.

Tadbirning ikkinchi kunida esa Oliy Mjalis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mudofaa vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat tashkiloti vakillari ishtirokida respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchi ayollar bilan ochiq muloqot ham oʻtkazildi. Unda harbiy xizmatchi ayollar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Yakunda eng ilgʻor yetakchi mutaxassislar saralanib olindi hamda qoʻmondonlikning diplom va qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.