Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari Bosh shtab boshliqlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

0
2552

Toshkent shahridagi “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari Bosh shtab boshliqlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Pokiston Islom Respublikasi, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iz va Tojikiston Respublikalari Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida harbiy delegatsiyalar vakillari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambarlar qoʻyib, “Shon-sharaf” muzeyini koʻzdan kechirdilar. Shundan soʻng, “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida oʻz davlat bayroqlari oldida suratga tushdilar.

Konferensiyani Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Maykl Kurilla kirish soʻzlari bilan ochib berdilar.

Konferensiya doirasida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, gumanitar yordam va mintaqaviy barqarorlik kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti