Navoiyda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

0
821

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkiloti vakillari, hududda istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etdi.

“Armiya vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda okrug qo‘mondonligi bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda harbiy sohaga mehr qo‘ygan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

Shuningdek, viloyatning Konimex tumani va Navoiy shahrida mahalliy yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy-vatanparvarlik festivallari o‘tkazildi. Uning doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali namoyish etilgan qo‘l jangi, maxsus va jangovar harbiy texnikalar hamda qurol-aslahalarning ko‘rgazmasi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ayniqsa, harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yoshlarga chinakam bayramona kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati