Mudofaa vazirligida Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

0
1701

Bugun Pokiston Islom Respublikasi Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, Milliy xavfsizlik kengashi a’zosi general Saxir Shamshad Mirza boshchiligidagi harbiy delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida oʻtkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Saxir Shamshad Mirzani Oʻzbekistonga tashrifi bilan samimiy qutladi hamda ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga toʻxtalib oʻtdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti