O‘zbekiston mudofaa vaziri AQSH Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi

0
5092

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurillani qabul qildi.
Oʻzbekistonning koʻplab xorijiy davlatlar bilan turli sohalardagi doʻstona aloqalari yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant B. Qurbonov general M. Kurillani O‘zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarning yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti