Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbir

0
187

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy havo kuchlari qoʻmondonligida “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari hamda korrupsiyani oldini olishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish masalalari” mavzusida hamda harbiy xizmatchilarni qiziqtiradigan va ular tomonidan murojaatlarda koʻtarilayotgan muammoli masalalar yuzasidan “Savol-javob” kechasi oʻtkazildi.

Yigʻilishda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi vakili va Mudofaa vazirligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi bosh mutaxassisi tashrif buyurdi.

Huquqiy-maʼrifiy tadbir qiziqarli va savol-javobga boy tarzda oʻtkazildi.

Tadbir yakunida barcha harbiy xizmatchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.