Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilindi

0
185

Toshkent harbiy okrugida okrug qo‘shinlarida korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda okrug qo‘shinlaridagi barcha harbiy qism va muassasalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda joriy yil o‘tgan 8 oy davomida harbiy intizom holati hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilishda harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ham tavsiyalar bildirildi.

Yakunda mavzu bo‘yicha tegishli vazifalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati