Akademiyada harbiy-ilmiy konferensiya o‘tkazildi

0
1753

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida “Anʼanaviy armiyadan aqlli armiya sari: amaliyot va samara” mavzusidagi respublika harbiy-ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi. 

Unda dastlabk Akademiya boshligʻi polkovnik Bobur Shayakubov so‘zga chiqib, ushbu konferensiyaning harbiy ta’limdagi ahamiyati haqida gapirdi.

Shundan soʻng, Axborot-raqamli tizimlar qoʻshinlar va qurollarni samarali boshqarishning asosi, rivojlangan chet mamlakatlarning xavfsizlik va harbiy sohaga sunʼiy intellektni joriy etishdagi qarashlar, shuningdek, sunʼiy intellekt va uni harbiy sohada qoʻllanilishi to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.