“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili — amalda

0
908

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish nafaqat ichki ishlar organlarining, balki huquqni muhofaza qiluvchi barcha tashkilotlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan sanaladi.

Bu borada Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar va adliya organlari hamkorligida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, “Mahallabay” huquqiy targ‘ibot tadbirlarining olib borilayotgani jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda muhim omil bo‘lmoqda.

Farg‘ona shahrida joylashgan harbiy qismda o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar jarayonida voyaga yetamaganlar va yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlarni kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.