Bilim va ko‘nikmani oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti

0
1346

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism hamda “Farg‘ona” dala o‘quv maydonida ko‘rgazmali batalyon taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot avvalida okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan batalyon komandirlari hamda ularning o‘rinbosarlariga har bir o‘quv nuqtasida taktik o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish, rejalar va hujjatlarni ishlab chiqish harakatlari yana bir bor eslatib o‘tildi.

O‘quvdan ko‘zlangan maqsad — batalyon taktik o‘quvlarini tashkillashtirish va olib borish yuzasidan yagona uslubiy yondashuvni shakllantirish, mudofaa jangini tashkillashtirishda bo‘linmalarni uzluksiz boshqaruvida brigada va batalyon shtabi, shuningdek, bo‘linma komandirlarining nazariy bilim va ko‘nikmalarini yuqori saviyaga ko‘tarishdan iborat.

Uch kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotida kuzatuvchilarga harbiy texnikalarning safar yurishi va ungacha bo‘lgan davrda shaxsiy tarkib harakatlari ko‘rsatilib, e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar mashg‘ulot rahbarlari tomonidan aytib o‘tildi.

O‘quv mashg‘ulotining navbatdagi kunida esa joylashuv hududida guruh va o‘qotar qurollar hamda tungi ko‘rish moslamalarini mudofaa jangiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish va shu kabi savollar ko‘rib chiqildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati