Aloqa harbiy institutida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

0
992

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Zangiota tumani hokimligi hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari bu borada oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.

Oliy harbiy ta’lim muassasasida shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Uning doirasida Zangiota tumanda joylashgan 44-sonli maktab oʻquvchi yoshlari tashrif buyurdi.

Tadbir davomida yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlarga ma’lumot berildi, shuningdek, ular Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutidagi harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlari, oʻquv xonalari, kutubxona, muzey va mavjud oʻquv moddiy bazalari bilan yaqindan tanishdi. 

Shu bilan birga, Termiz shahrida harbiy xizmatchilar Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” nomi ostida barcha hududlarda muntazam o‘tkazib kelinayotgan uchrashuvda polkovnik Po‘lat Sativaldiyev, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug mas’ullari, faxriylar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti texnikalari hamda Termiz garnizoni harbiy xizmatchilari zamonaviy qurol-yaroqlarining ko‘rgazmali namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.