Qo‘mondon jizzaxlik yoshlar bilan uchrashdi

0
1252

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar ishtirokida o’tkazilayotgan 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini davomida ishtirokchilarning harbiy qismda olgan taassurotlarini bilish va ular orasidan milliy armiyamiz saflarida qolish istagini bildirgan yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish hamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor G‘ayrat Qodirov, viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Sovurboyev, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Murodbek Rahmonberdiyev hamda yig‘in ishtirokchilari qatnashdi. 

Unda har bir rahbar o‘z xizmat faoliyati, hayotiy tajribalari va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib, ana shunday imkoniyatlar unumli foydalangan holda yurtimizni dunyoga tanitayotgan o‘g‘il-qizlarni misol keltirdi.

Shuningdek, yoshlarga Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatga borish va xizmatda qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarining imtiyozlari, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.

Uchrashuvda yoshlarning murojaatlari ham tinglandi. Yakunda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘grisida”gi Qonunga muvofiq, harbiy guvohnoma olish istagi bilan murojaat qilgan paxtakorlik Akmal Yuldashov, forishlik Jamshid Elmurodov hamda Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi Hayotbek Orzuqulovga harbiy guvohnomlarni tantanali topshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati