Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi

0
222

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan Toshkent viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Chaqiriluvchilarni texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi, tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlaridagi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Nurafshon shahri Yoshlar markazi va Toshkent shahar mudofaa ishlari bo‘limida o‘tkazilgan mazkur tadbirda so‘zga chiqqan mutassaddilar hozirgi kunda korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat turli sohalarga, xususan, siyosiy-iqtisodiy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, davra suhbatida bu kabi jinoiy ishga nisbatan belgilangan qonuniy choralar va javobgarliklar haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berildi.

 

Dostonbek Eshmamatov,
Mudofaa vazirligi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti