“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”

0
215

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”da Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Mudofaa vazirligi markaziy apparatida videokonferensaloqa tarzida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda Harbiy prokuratura vakillari hamda barcha harbiy okruglar va markazga boʻysunuvchi harbiy tuzilmalar masʼul shaxslari ishtirok etdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari Otabek Xolboyev raisligida oʻtkazildi.

Muloqotda huquqbuzarliklarga, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatida eʼtibor qaratish muhim ahamiyatga ega boʻlgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Respublika Harbiy prokurorining katta yordamchisi Sherzod Xayitov tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyati haqida qatnashchilar eʼtiboriga yetkazib oʻtildi.