Harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

0
921

Keksa avlod vakillarini qadrlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish va koʻp yillik tajribasini yoshlarga oʻrgatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda ham shu kabi ezgu maqsad yo‘lida “Vatanga hizmat – oliy saodat” deb nomlangan shior ostida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Respublika maʼnaviyat targʻibotchilari jamiyati, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlimi, “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi aʼzolari va bir guruh faol yoshlar taklif qilindi.

So‘zga chiqqanlar oʻzlarining hayot yoʻllari, mahnat faoliyati va erishgan yutuqlari, bugungi kunda barcha sohalar singari milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Shuningdek, faol yoshlar tomondan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar barchaga birdek manzur boʻldi.

Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mehnat faxriylarining ulkan hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.