Qo‘mondon yoshlar bilan uchrashdi

0
1337

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Nuriston qoʻrgʻonida joylashgan harbiy qismda oʻtayotgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yigʻini ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Do‘stona muloqot ruhida boshlangan suhbat avvalida qoʻmondon yoshlarga bolalikdan generallikkacha bosib oʻtgan yoʻli haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida xato yoʻlga kirib qolib, profilaktik hisobda turgan hamda uyshmagan 100 nafardan ziyod yoshlar qoʻmondonga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlandi.

Harbiy qismda olingan bilim va koʻnikmadan butun umri mobaynida foydalanishlari lozimligi ishtirokchilarga alohida taʼkidlandi.

Oʻz navbatida harbiy boʻlish istagida yurgan bir nechta yoshga orzularini amalga oshirish uchun yoʻl-yoʻriq va tushuntirishlar berildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati