Yurtimizning olis manzillarida harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi

0
1223

Surxondaryo viloyati hokimligi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda Boysunda keng qamrovli festival oʻtkazildi.

Tumanning “Duoba” mahallasi boʻylab harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida harbiy saf yurishi tashkil etilgani togʻli hudud aholisiga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Festivalda soʻz olgan viloyat hokimi hamda okrug qoʻmondonligi vakillari yoshlarga oʻz oldilariga qoʻygan marralari sari dadil borishlari hamda koʻproq kitob oʻqib, biror mutaxassislikni egallashlari lozimligini taʼkidladi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan yoyilgan oʻquv nuqtalarida esa yoshlar qurol-aslaha va anjomlar namoyishi bilan tanishib, qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldi. Harbiy orkestr jamoalari hamda taniqli sanʼatkorlar Vatanga muhabbatni tarannum ettiruvchi kuy-qoʻshiqlari bilan barchaning koʻngliga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

Tadbir davomida umumtaʼlim maktab oʻquvchi yoshlariga harbiylar tomonidan Chaqiruvga qadar tayorgarlik sinfi taʼmirdan chiqarilib, oʻquv moddiy bazasi foydalanishga topshirildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni