Havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari mutaxassislarining malakasi oshirildi

0
1661

Mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Quruqlikdagi qoʻshinlar havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari mutaxassislarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyigan boʻlib, ushbu soha vakillarining bilim va koʻnakmalarini oshirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu jumladan, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligining boʻlinmalaridagi havo hujumidan mudofaa mutaxassislari Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti “Quruqlikdagi qoʻshinlar havo hujumidan mudofaa” kafedrasida 72 soatlik oʻquv dasturi boʻyicha malakasi oshirildi.

Malaka oshirish jarayonida bilim yurtning o‘qituvchilari tomonidan qurol-aslaha va harbiy texnikalardan samarali foydalanish, ularni qoʻllash, saqlash, jangovar shay holatda ushlab turishni tashkillashtirish boʻyicha amaliy va nazariy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Oʻquv dasturning asosiy maqsadlari murakkab taktik vaziyatlarda mustaqil harakatlanadigan, vaziyatning keskinlashuviga qarab nostandart va tezkor qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassislarini tayyorlash hisoblanadi.

Yakunida respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridagi harbiy qismlardan tashrif buyurgan malaka oshirish kursi tinglovchilari maxsus sertifikatlar topshirildi.