“Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun!”

0
811

Xatirchi tumanida Navoiy garnizonidagi harbiy qism va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining tashabbusi bilan “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Festival doirasida Xatirchi tumani yoshlari uchun harbiy xizmatchilar tomonidan faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlari va qoʻl jangi ustalarining sahna koʻrinishi va harbiy orkestrning Vatanni marh etuvchi kuy-qoʻshiqlari namoyish etildi.

“Vatanparvarlik karvoni” festivali davomida sport musobaqalari, qurol va texnikalar koʻrgazmalari, viktorina oʻyinlari va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Tadbir soʻnggida loyihalarda faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati