Faxriylar ulashgan faxr hissi

0
997

Bilim va tajriba – uzoq vaqt mobaynida misqollab yigʻiladigan gavhar. Koʻp yillik harbiy hayot tajribasiga ega insonlar bilan suhbatlar esa yosh harbiy xizmatchilar uchun haqiqiy malaka maktabi vazifasini oʻtashi aniq.

Ayni kunlarda Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari boʻyicha kengash raisi boshchiligida bir guruh ustozlar Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarga tashriflar uyushtirmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Nuriston, Muborak, Pachkamar garnizonlarida oʻtgan davra suhbatlarida nuroniylar yurt himoyachilariga yaratilgan bugungi imtiyoz va imkoniyatlar, shart-sharoit hamda qulayliklarni qadrlash, sadoqat bilan xizmat qilish orqali boʻlishini alohida taʼkidladi.

Okrug boshqaruv apparatiga sayohat, ayniqsa, ustozlar uchun hayrat va havasga boy boʻlganini ularning hayajonli soʻzlaridan anglash mumkin.

Buxoro shahridagi harbiy qismda oʻtgan ochiq muloqotlar ham samimiy ruhda kechdi. Ustozlar bilan dildan qilinayotgan muloqotlarda yurt himoyachilari bilmaganlarini oʻrganish barobarida, bugunidan shukronalik, harbiylik kasbidan faxr hissini tuyayotganini ham sezish mumkin.