Harbiy bilim yurtida profilaktik tadbir o‘tkazildi

0
1164

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining barcha tarkibiy bo‘linmalari, harbiy qism va muassasalarida mehnat qonunchiligi, ish reglamenti, ichki tartib va alohida reja bilan nazarda tutilmagan har qanday tadbirlarni bajarmaslik belgilab qo‘yilgan.

Mazkur yo‘nalishdagi talablarni shaxsiy tarkibga yetkazish, ularning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining har qanday yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetini mustahkamlash hamda ular orasiga diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm g‘oyalarni singib kirishini oldini olish maqsadida Chirchiq oliy tank qo‘mondolik-muhandislik bilim yurtida harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Yurt himoyachilarining maʼnaviy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirda harbiycha muomala madaniyati, yurt himoyasining muqaddas burch ekani borasida qilingan maʼruzalar ishtirokchilarning axloqiy-ruhiy holatini yanada mustahkamlagani shubhasiz. Tadbir soʻnggida ogoh va hushyor boʻlib yashashga undovchi hujjatli film namoyish etildi.