Korrupsiyaga qarshi kurash

0
186

2023-yil 7-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi shaxsiy tarkibi bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi adliya podpolkovnigi N.Komilov ishtirokida 2023-yilning 6 oyi davomida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida sodir etilgan korrupsion holatlar, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, kelgusida bu kabi noxush holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktik tadbir oʻtkazildi. Bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtgan tadbir davomida harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javob olishdi.