Xalqaro islom akademiyasida harbiy xizmatchilar uchun oʻquv kurslari boshlandi

0
1345

Davlatimiz mustaqilligi, uning hududiy yaxlitligi va xalq osoyishtaligini taʼminlashda mafkuraviy kurashning oʻrin juda muhim. Ijtimoiy tarmoqlarda aholi ongiga yot gʻoyalarni singdirish, diniy, madaniy hamda maʼrifiy merosimizga uyushtirilayotgan tajovuzlarga mafkuraviy immunitetni oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Internet va IT texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borar ekan mafkuraviy kurashning yangi-yangi sohalarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Har bir sohada boʻlgani kabi milliy armiyamiz safida ham ana shunday yot gʻoyalarga qarshi kurashning turli mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ulardan biri – ofitser kadrlarning diniy bilimini oshirish uchun tashkil qilish uchun doimiy oʻquv kurslaridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari har yili Xalqaro islom akademiyasida 10 kunlik oʻquv kurslarida olingan bilimlari orqali mustaqilligimizni asrash, har qanday tajovuzga qarshi kurashish, yurt himoyachisi nomini sharaf bilan oqlashni chuqur singdirish – Qurolli Kuchlarimizda yuqori jangovar shaylik, barqaror axloqiy-ruhiy holat hamda shaxsiy tarkibning uyushqoqligi taʼminlanib kelinmoqda. Muntazam tashkillatirilib kelinayotgan 72 soatlik oʻquv kursida harbiy qism komandirlari, tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar boʻyicha komandirlar tinglovchi sifatida qatnashishi yoʻlga qoʻyilgan va bugungi kunda oʻnlab harbiy xizmatchi mafkuraviy immunitetni oshiruvchi nazariy mashgʻulotlarda oʻz bilimlari oshirib bormoqda.

Oʻquv kursi davomida Akademiyaning tajribali professor oʻqituvchilari mamlakatimiz tarixida roʻy bergan birinchi va ikkinchi Renesens davri va islom sivilizatsiyasining jahonda tutgan oʻrni mavzularidagi darslar o‘tiladi. Shuningdek, Akademiya muzeyida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma asarlarning asl hamda koʻchirma nusxalari tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud. Maxsus oʻquv kursi yakunida bitiruvchilariga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Asror Ro‘ziboyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti