Harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi

0
820

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. Unda tumanda istiqomat qilayotgan faxriylar, harbiy pensionerlar va tumandagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan 500 nafardan ziyod oʻquvchi yoshlar, “Vatanparvar” tashkilotining Termiz va Denov tumanlari oʻquv sport texnika kulubi aʼzolari ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar harbiy qismga tantanali kutib olindi, rejaga asosan faxriylar va yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy oʻquv xonalari bilan yaqindan tanishdi. Shundan soʻng “Vatanparvar” tashkilotining sport texnikalari, jihozlari va oʻquv avtomobillari va zamonaviy harbiy texnika va qurol-yaroqlar namoyishi boʻlib oʻtdi. 

“Uch avlod uchrashuvi”ga ulanib ketgan tadbirda katta hayot tajribasiga ega nuroniylar oʻzlari bosib oʻtgan hayot yoʻllari va faoliyatlari xususida toʻxtalib, bugun, ayniqsa, yoshlar uchun sifatli taʼlim olishlari-yu katta marralarni zabd etishlarida barcha imkoniyat va sharotilar mavjud ekanini taʼkidladi.

Tadbir soʻngida musobaqalarda gʻolib boʻlgan hamda faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni