Qurolli Kuchlar Akademiyasiga Yoshlar parlamenti a’zolari tashrif buyurdi

0
959

Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, mehmonlar oʻquv binosi, Akademiyadagi xorij armiyasi o‘quv xonalari, axborot resurslari markazi va kutubxona bilan tanishdi, kursantlarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirib, ular bilan birga tushlik qildi.

Shuningdek, kursantlar bilan suhbat davomida Yoshlar parlamenti faoliyati, uning usuvor vazifalari haqida qisqacha to’xtalib o’tildi. Harbiy xizmatchilarning innovatsion loyihalarini takomillashtirishda amaliy yordam ko’rsatilishi to’g’risida fikr bildirildi.

Mudofaa vazirligi va Yoshlar parlamenti oʻzaro hamkorlik qilish, doimiy uchrashuv va suhbatlar olib borishga kelishib olindi.