Harbiy qism tashkil etilgan kun tantanali nishonlandi

0
3209

Namangan garnizonidagi harbiy qism tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, faxriylar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat hokimi hamda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni soʻzga chiqib, harbiy qism shaxsiy tarkibini qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi.

Sana munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga okrug qoʻshinlari qomondonining esdalik hamda qimmatbaho sovgʻalari topshirildi. Viloyat hokimi tomonidan ham ushbu harbiy qismga qimmatbaho sovgʻalar berildi.

Shuningdek, mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Namangan viloyat hokimiga II darajali “Namunali xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni okrug qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan tantanali topshirildi.

Harbiy orkestr jamosining musiqiy chiqishlari, vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlari tadbirga yanada koʻtarinkilik ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati