Termizda harbiy xizmatchilar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi

0
835

Termiz, Kakaydi va Xayrobod garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalar shaxsiy tarkibi bilan diniy ekstremizm hamda terrorizmning taraqqiyot va barqarorlikka tahdidi xususida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo mintaqaviy boʻlinmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda huquq-tartibot idoralalari xodimlari hamda diniy idora vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2026-yillarga moʻljallangan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.

Yurt himoyachilarining maʼnaviy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirda harbiycha muomala madaniyati, yurt himoyasining muqaddas burch ekani borasida qilingan maʼruzalar ishtirokchilarning axloqiy-ruhiy holatini yanada mustahkamlagani shubhasiz. Tadbir soʻnggida ogoh va hushyor boʻlib yashashga undovchi hujjatli film namoyish etildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni