Hushyorlik va ogohlikka chorlovchi davra suhbati

0
785

Jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan zamonda har xil koʻrinishdagi mafkuraviy xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor boʻlish zaruratini davrning oʻzi taqozo qilmoqda. 

Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida Mudofaa vazirligiga qarashli Olmaliq shahridagi harbiy qism tashabbusi bilan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Harbiy xizmatchilar ongida diniy-ekstremizm va fundamentalizm gʻoyalariga qarshi immunitetni shakllantirish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va bir qator huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari taklif qilindi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar harbiy xizmatchilarni va ularning oila aʼzolarini huquqiy ongini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar hamda diniy-ekstremizm, fundamentalizm va mutaassiblik haqida batafsil maʼlumotlar berib, barchani ogohlikka chorladi.

Tadbir davomida mavzuga doir maxsus videoroliklar ham nomiyish etildi. Bu kabi davra suhbatlarning oʻtkazilishi harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi va dunyoqarashini yanada oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti