Kadrlar organi ofitserlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yigʻin oʻtkazilmoqda

0
1089

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan kadrlar organi ofitserlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun”, “Xalq va armiya — bir tanu bir jon” shiori ostida tashkil etilgan ushbu yigʻin davomida “Eng ilgʻor kadr organi” tanlovi ham oʻtkazilmoqda.

Bir necha kun davom etishi koʻzda tutilgan yigʻin davomida kadrlar organida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimi bilan bogʻliq masalalar atroflicha oʻrganiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar atroflicha oʻrganilib, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qo‘mondonligida kadrlar organi jangovar shayligini oshirish, harbiy qismda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va ularning ariza, taklif hamda shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibiga alohida etibor qaratiladi.

Nargiza Safarova, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi matbuot xizmati