Harbiy bilim yurtida davra suhbati tashkil etildi

0
908

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi faxriylari iste’fodagi polkovniklar Murod Gafurov va Yuldoshali Rahmonov bilan bilim yurtiga yangi qabul qilingan 1-bosqich kursantlari ishtirokida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida faxriylar kursantlarga oʻz xizmat yillarida boʻlib oʻtgan qiziqarli voqealarni hamda xizmat davomida harbiy xizmatchi nimalarga eʼtibor qaratishlari kerakligi haqida soʻzlab berdi.

Harbiy xizmatchi degan nomga loyiq boʻlishlari uchun doimo sergak, jangovar, hushyor boʻlishi, shu bilan birgalikda oilani qadrlashi haqida ham maslahatlar berildi. Shuningdek, davra suhbati davomida kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlardan batafsil javob oldilar.

Tadbir soʻnggida faxriylar kursantlarga kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi.