Jizzaxning olis hududida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
875

Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilari Forish tumanining obod maskanlariga aylangan “Xonbandi” mahallasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy-vatanparvarlik festivalini oʻtkazdi.

Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan festivalda nafaqat mahallaning, balki tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, aholi va yoshlar bir joyga jam boʻldi.

Festival doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan faxriy qorovul saf chiqishlari hamda harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi sahnasi barchada iliq taassurot qoldirdi.

Mazkur festival doirasida harbiy orkestrning kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashish bilan bir qatorda ulardagi vatanparvarlik hissini oshirishga ham xizmat qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati