Oliy harbiy ta’lim muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

0
1328

Milliy armiyamizda harbiy-vatanparvarlik tadbirlarning koʻplab oʻtkazilishi va ularda yoshlarning ishtirok etishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatan himoyasiga boʻlgan qiziqishi ortishiga, yurtga muhabbat tuygʻusi bilan ulgʻayib, komil inson boʻlib yetishishiga katta hissasini qoʻshadi.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Zangiota tumani 38-sonli umumtalim maktabining oʻquvchi yoshlari ishtirokida xalq taʼlimi boʻlimi va tuman maʼnaviyat boʻlinmasi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” shiori ostida sayohat uyushtirildi.

Tashrif davomida oʻquvchi yoshlar harbiy institut faoliyati hamda oʻquv jarayonlari, shuningdek, kursantlarning taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy oʻquv sinflari, ilmiy tadqiqotlar labaratoriyasi hamda sport majmuasi bilan yaqindan tanishdi.

Kursantlar tomonidan mahorat darslari davomida oʻquvchi yoshlar oʻzlariga kerakli malumotlar oldi va tadbir yakunida tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” bosh gʻoyasini oʻzida mujassam etgan ma’naviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi. Unda hamkor tashkilotlar masʼullari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, olimlar, sanʼatkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.