Nukusda harbiy xizmatchilar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

0
975

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonligi kubogi uchun shaxmat boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda 50 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar bellashib, gʻoliblik uchun dona surdi.

Taʼkidlash joizki, joriy yildan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida sport tadbirlari qatoridan joy olgan shaxmat boʻyicha musobaqaning vazirlik miqyosidagi final bosqichi oktabr oyida boʻlib oʻtadi.

Nukusda oʻtkazilgan turnir harbiy okrugning finalga saralash bosqichi hisoblanib, unda birinchilikni qoʻlga kiritganlar keyingi bosqichga yoʻllanmaga ega boʻladi.

Kuchli raqobat muhitida oʻtgan bellashuvlar soʻnggi soniyalargacha barchani hayajonda ushlab turdi. Bir-biridan kuchli raqiblar toʻqnashuvi shaxmat taxtasi maydonida murosasiz “jang”lar bilan qiziqarli kechdi.

Gʻolib va sovrindorlar Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlandi. Eng kuchli harbiy jamoaga esa qoʻmondonlikning kubogi nasib etdi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati