Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi

0
2392

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti 2023/2024-o‘quv yili uchun bo‘sh o‘qituvchilik lavozimlariga, kafedra professori, dotsent, katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlov e’lon qiladi.

E’lon qilingan lavozimlar:

Malaka oshirish fakulteti 

  • O‘qituvchi (aloqachi mutaxassisligi) — 1 o‘rin.

Axborotlarni kriptografik himoyalash va maxsus aloqa kafedrasi

  • Professor (maxsus aloqa mutaxassisligi) — 1 o‘rin.

Radioelektron razvedka va kurash kafedrasi

  • Professor (radioelektron razvedka mutaxassisligi) — 1 o‘rin;
  • Dotsent (radioelektron razvedka mutaxassisligi) — 2 o‘rin.

IHM radiotexnika qo‘shinlari kafedrasi

  • O‘qituvchi (radiotexxnik qo‘shinlar mutaxassisligi) — 1 o‘rin.

Intellektual tizimlar kafedrasi

  • Dotsent (IT mutaxassisligi) — 1 o‘rin.

Tanlovda qatnashish uchun ariza e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechimay berilishi kerak.

Tanlovda qatnashishni xohlovchilar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:

  • oliy ta’lim muassasasi boshlig‘i nomiga ariza;
  • kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
  • qatnashuvchilarda ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa darajalariga), ilmiy unvon, shuningdek, ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, ilmiy ishlar ro‘yxatini, malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalarni taqdim etishlari lozim.

Manzil: Toshkent viloyati Zangiota tumani “Quyoshli” aholi punkti.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 (70) 202-71-08, 202-71-55.