Termizda yoshlar masalalari boʻyicha navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi

0
755

Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda harbiy xizmatga hurmat tuygʻusini shakllantirish, shuningdek, respublika oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yetarli bilimga ega boʻlgan yoshlarni tizimli ravishda tayyorlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazi binosida Surxondaryo viloyati shahar va tumanlardagi yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi tashkilotlar, turizm, sport, madaniy meros va va ommaviy kommunikatsiya masalalari boʻyicha mas’ullar hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar majmuasi tizimidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur yigʻilishda soʻz olgan polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev yoshlar bilan ishlash hozirgi davrdagi eng muhim masalalardan biri ekani, bunda davlat organlari, ayniqsa, mahallalarning oʻrniga alohida urgʻu berib oʻtdi. Shundan soʻng davlat va tashkilot rahbarlari, “Vatan tayanchi” aʼzolari faoliyatiga ham alohida toʻxtalib, ularning faoliyatlariga omad tiladi.

Shuningdek, muloqot davomida tashkilotlardan tashrif buyurgan rahbarlar maʼruzalari ham tinglandi va oʻtkaziladigan tadbirlar rejalari kelishib olindi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni