Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti yoshlar uchun o‘z eshiklarini ochdi

0
1035

Yoshlarda harbiylikka havas uygʻotish, vatanparvarlik bilan yoʻgʻrilgan hayot bilan hamnafas boʻlishlari uchun Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Shahrisabz tumani yoshlari bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tashrif davomida oʻquvchi yoshlar maskanda yaratilgan sharoitlar, jumladan, oʻquv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, trenajorlar, modellashtirish va simulyatsiya usullaridan foydalanib kelinayotgan sinf xonalari, axborot-resurs markazi, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinflari, kursantlarning yashash sharoitlari hamda bilim yurtining “Shon-sharaf”muzeyi bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, harbiy qism saf maydonida yoyilgan turli o’quv nuqtalarida texnika, qurol-yaroq va jihozlar namoyishi bo’lib o’tdi. Aslahalar haqida berilgan ma’lumotlarni qunt bilan tinglayotgan yoshlar dilidagi yurt himoyachisi bo’lish istagi yanada ortgani shubhasiz.

Bundan tashqari, Termiz garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari “Tarix va madaniyat muzeyi”, “Arxeologiya” muzeylari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.